Ish beruvchi ishga kiruvchidan qaysi hujjatlarni talab qilishi taqiqlangan?

Jamiyat

image

Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva brifingda ma’lum qildi.

Shu yil o‘qishni tamomlayapman, ishga joylashish uchun qanday hujjatlar taqdim etishim kerak?

"Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi:

– pasport yoki uning o‘rnini bosadigan boshqa hujjat, o‘n olti yoshgacha bo‘lgan shaxslar esa,

— tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma va turar joyidan ma’lumotnomani;

– mehnat daftarchasini, birinchi marotaba ishga kirayotgan shaxslar bundan mustasno

– o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar mehnat daftarchasi o‘rniga asosiy ish joyidan olgan ma’lumotnoma;

– harbiy xizmatga majburlar yoki chaqiriluvchilar tegishincha harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma;

– oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom yoxud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnoma yoki boshqa tegishli hujjatlar.

– Ishga qabul qilish vaqtida ishga kirayotgan shaxsdan qonun hujjatlarida ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Agar ishga kirayotgan shaxsning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati haqiqiy bo‘lmasa, uni ishga qabul qilish rad etilishi mumkin", deydi Sevara O‘rinboyeva.

Avvalroq, O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasi sharoitida ishsizlar soni 2 millionga yaqinlashgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ishga qabul qilish hujjatlar

Baholaganlar

242

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar