Isak kamida 1-2 oyga safdan chiqdi

Sport

image

“Liverpul” hujumchisi Aleksander Isak oyog‘i sinishi sababli operatsiya qilindi va kamida bir-ikki oyga safdan chiqdi. Bu haqda klubi bosh murabbiyi Arne Slot ma’lum qildi.

“Bu uzoq davom etadigan jarohat. U kamida bir necha oy maydonga tusha olmaydi. Bu, avvalo, Isak uchun, shuningdek, jamoamiz uchun ham katta umidsizlik”, dedi Slot.

Isak joriy yilning 20 dekabr kuni “Tottenxem”ga qarshi uchrashuvda (2:1) jarohat olgan edi. Epizodda himoyachi Mikki van de Ven zarbani to‘xtatishga urinayotganda Isakning oyog‘i uning oyoqlari orasida qisilib qolgan.

Ma’lumot uchun, mersisaydliklar Isakni joriy yilning sentyabr oyida “Nyukasl Yunayted”dan 125 million funt sterling (168,8 million dollar) evaziga sotib olgan. Hozirda jamoa APL turnir jadvalida 29 ochko jamg‘argan holda 5-pog‘onada bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning “Santos” klubi futbolchisi Neymar mavsum yakunlangandan so‘ng medial meniskus yirtilishi sababli operatsiya  qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Liverpul'” Arne Slot Aleksander Isak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing