Erdo‘g‘an bundan keyin ittifoqdoshi va do‘sti kim ekanini aytdi
Olam
−
09 yanvar 2020
14737Kecha, 8 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida “Turk oqimi” gaz quvurini ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tgani, unda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ishtirok etgani haqida xabar bergan edik. Ushbu marosimda nutq so‘zlagan Turkiya rahbari Erdo‘g‘an Rossiya va rus xalqini Turkiyaning eng yaqin do‘sti, uzun yo‘lda yo‘ldoshi ekanini ta’kidladi.
Prezident Erdo‘g‘an Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga rasman 100 yil to‘lgani, aslida esa bu aloqalar 500 yillik tarixga borib taqalashini tilga oldi:
“Istiqlol urushida rus do‘stlarimizdan ko‘rgan yordamni unutishimiz mumkin emas. Hatto, sovuq urushning eng og‘ir davrlarida ham Rossiya va Turkiya qo‘shnichilik aloqalariga pand bergani yo‘q. So‘nggi vaqtlarda ham ayrim masalalarda fikrlarimiz hamohang bo‘lmasa ham, buning hamkorlikdagi ishlarimizni bosib o‘tishiga izn bermadik. Hurmatli Putin janoblarining kuchli irodasi bilan munosabatlarimiz yanada rivojlandi”.
Erdo‘g‘anning qayd etishicha, Rossiya va Turkiya munosabatlari nafaqat geosiyosiy nuqtai nazardan, balki savdo-iqtisodiy, madaniy, turizm yo‘nalishlarida ham rivojlanib bormoqda. Davlat rahbari bu haqda gapirarkan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo hajmi 100 millardga yetkazilishini urg‘uladi. Ammo, bu turk lirasidami yoki rubldami, bunisi aniq emas. Boisi Turkiya va Rossiya allaqachon o‘zaro savdoda dollardan voz kechgan.
Shuningdek, Rossiyadan Turkiyaga borayotgan sayyohlar soni ham yildan yilga ortib borayotgani aytildi.
“Bugun ochilishi bo‘layotgan “Turk oqimi” esa yangi davrdagi munosabatlarning namunasi bo‘ladi”, deydi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari o‘z so‘zida kelgusi ittifoqdoshi va eng yaqin do‘sti kim bo‘lishini ham urg‘ulab ketgandek. U Putinni Turkiya tanlab olgan yo‘lda eng ishonchli yo‘ldosh ekanini ta’kidladi.
“Rus xalqida ota avloddan o‘tib kelayotgan bir naql bor: Aqlli yo‘ldosh – yo‘lning yarmi. Biz ham avval yo‘ldosh, keyin yo‘l deydigan, yo‘l singari yo‘ldoshning ham muhimligiga ishongan bir xalqmiz”, deydi Prezident Erdo‘g‘an.
LiveBarchasi