Qashqadaryoda 65 kishining zaharlanishi ortidan prokuratura tekshiruv boshladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryoda 65 kishi ovqatdan zaharlanish oqibatida shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. 

Unda qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida joylashgan “Enter Enjeenering and Construction Co. Ltd” kompaniyasiga qarashli oshxonasidagi ovqatidan zaharlanishi oqibatida bir guruh fuqarolar tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishgan.

“Barcha bemorlarga tegishli tibbiy muolajalar ko‘rsatilib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan.

O‘tkazilgan tibbiy ko‘rikdan so‘ng bemorlarga guruhli ovqatdan zaharlanish “o‘tkir gastroenterit” tashxisi  qo‘yilgan.

Bemorlarning 46 nafari ahvoli yengil, 19 nafari o‘rtacha tashxisi qo‘yilgan. Ular orasida og‘ir bemorlar aniqlanmagan”, deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing