Iroq va Kuvaytga qum bo‘roni yopirildi. Havo qatnovi to‘xtab qoldi

Olam

04
0:00
0:00
download

Kuvayt fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi mamlakatga kuzatilayotgan kuchli qum bo‘ronlari sababli mamlakatdagi havo qatnovini to‘xtatdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan xabarda aytilishicha, Kuvayt Xalqaro aeroporti 23 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:20 dan boshlab parvozlar uchun yopilgan.

Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi direktori o‘rinbosari Imad Al-Jelvining aytishicha, parvozlar ko‘rish yaxshilanishi bilanoq qayta tiklanadi.

Qum bo‘roni sport o‘yinlariga ham ta’sir qildi. Jumladan, Kuvayt futbol federatsiyasi 23 may kuni kechqurun poytaxtning Jobir al-Ahmed stadionida “Kazma” va “Es-Salimiye”klublari o‘rtasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Amirlik kubogi final o‘yini 24 mayga qoldirilganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Iroqda ham qum bo‘roni oqibatida ikki mingdan ortiq kishi jabrlangan. Bu ma’lumotlarni 23 may kuni “Al Arabiya” telekanali taqdim qildi.

Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarda nafas olishda muammolar va bo‘g‘ilish belgilari bor. Shuningdek, mamlakat rasmiylari ayrim davlat muassasalari va aeroportlarni vaqtincha yopib qo‘ygani xabar qilingan.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

qum bo'roni

Baholaganlar

43

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing