Iroq razvedkasi qidiruvda bo‘lgan ISHID a’zolarini qo‘lga oldi
Olam
−
16 iyun 2020
4801Iroq xavfsizlik xizmati mamlakat shimolidagi Naynava viloyatida ISHID terroristik tashkilotining olti nafar a’zosini hibsga oldi. Bu haqda Iroq Ichki ishlar vazirligi razvedka boshqarmasi bayonotiga asoslanib, “Al-Sumaria” telekanali xabar bermoqda.
"Ichki ishlar vazirligi razvedka bo‘linmalari Naynava viloyatining bir nechta tumanida ISHID to‘dalariga mansubligi uchun qidiruvda bo‘lgan olti nafar terrorchini qo‘lga oldi", deyiladi bayonotda.
Qo‘lga olinganlar tergov uchun adliya organlariga topshirildi, deya xabar beradi mamlakat IIV.
2017 yil oxirida Iroq hukumati mamlakatda ISHID ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ammo armiya politsiya va xalqaro antiterror koalitsiyasining yordami bilan jangarilarni yo‘q qilishda va muayyan hududlarda ISHID makonlarini aniqlashda davom etmoqda. Iyun oyi boshida xalqaro koalitsiya aviatsiyasi Naynava viloyatida ISHIDning 19 a’zosini yo‘q qilgan edi.
LiveBarchasi