Iroq MTJ hujumchisi faoliyatini O‘zbekistonda davom ettiradi
Sport
−
28 iyul 1687 1 daqiqa
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yaqin kunlarda yana bir Iroq terma jamoasi futbolchisi Ayman Hussaynni o‘z safiga qo‘shib olishi kutilmoqda. Bu haqda “Iraq Football Podcast” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 30 yoshli markaziy hujumchi joriy yilning 30 iyul kuni Toshkentga kelib, “sherlar” bilan shartnoma imzolaydi. Manbaning ta’kidlashicha, Ayman Hussayn “Paxtakor” bilan yiliga 1 million AQSH dollarlik oylik maosh va 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan.
Ayman Hussayn faoliyati davomida “Al-Naft”, “Al-Shorta”, “Umm-Salal”, “Al-Jazira”, “Al-Vakra” va “Al-Karma” klublari sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, iroqlik futbolchi milliy terma jamoa safida 107 ta uchrashuvda maydonga tushib, 29 ta gol urgan.
Live
Barchasi