Iroqdagi raketa hujumini kim uyushtirgani aniq bo‘ldi
Olam
−
14 mart 2022
26955Avvalroq, kecha, 13 mart kuni tunda Iroq Kurdistoni markazi, mamlakat shimolidagi Arbil shahrida joylashgan AQSH konsulligi yaqiniga raketa hujumi uyushtirilgani haqida xabar bergandik.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ushbu raketa hujumi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan.
Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotiga ko‘ra, zarbalar nishoni Isroil razvedkasi “Mossad”ning ikkita markazi bo‘lgan.
“Kecha tunda sionistik fitnalarining strategik markazi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tomonidan kuchli raketa ostida qoldi. Biz jinoyatchi sionistik rejimni yana bir bor ogohlantiramizki, dushmanlik harakatlarining takrorlanishi keskin, qat’iy va buzg‘unchi javoblarga sabab bo‘ladi”, deyiladi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotida.
“Kurdiston-24” telekanali huquq-tartibot idoralariga tayanib, jami 12 ballistik raketa uchirilganini aniqlagan.
LiveBarchasi