Iroqdagi xalqaro aeroportga raketa zarbalari berildi
Olam
−
06 may 2020
3588Bugun, 6 may kuni Iroq poytaxtidagi Bag‘dod xalqaro aeroportiga uchta “Katyusha” rusumidagi raketa zarbasi yo‘llandi. Bu haqda Iroq harbiylariga tayanib, “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
Xavfsizlik xodimlari keyinchalik Iroq poytaxti g‘arbidagi Al-Bakriya qishlog‘idan taymer bilan jihozlangan raketa qurimlmasini topishdi. Zarbalar oqibatida vayronalar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot berilmagan.
Hozircha hech bir guruh aeroportga qilingan hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Bugungi raketa hujumi so‘nggi haftalarda Iroq poytaxtiga yo‘llangan birinchi hujum bo‘ldi. Mart oyi oxirida Bog‘doddagi AQSH elchixonasi yoniga ikkita raketa zarbasi yo‘llangan edi.
LiveBarchasi