Iroqdagi qamoqxonadan o‘zbekistonlik ayollar Prezidentga nega murojaat qildi? BP izoh berdi (video)

Jamiyat

image

Joriy yilning 27 aprel kuni Iroqdagi “Rosafa” qamoqxonasida saqlanayotgan 44 nafar o‘zbekistonlik mahkuma ayollar O‘zbekiton Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ularni yurtiga qaytarish maqsadida ko‘mak so‘rab videomurojaat qilishgan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Keltirilishicha, “Rosafa” qamoqxonasida saqlanayotgan o‘zbekistonlik mahkuma ayollar ISHID terroristik tashkiloti a’zolari hisoblanib, Suriya Arab respublikasi va Iroq davlati hududida ushbu terroristik tashkilot safida faoliyat yuritib kelgan. 

Ular 2017 yilda Iroq hukumati tomonidan qo‘lga olinib, 4 nafari umrbod va qolganlari 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan. Ushbu qamoqxonadagi sharoitlar qoniqarli bo‘lmaganligi sababli 2019 yil Iroq hukumati bilan kelishuvga asosan mahkuma ayollarning 64 nafar farzandi O‘zbekistonga olib kelinib, yashash manzilidagi qarindoshlari qaramog‘iga hamda mehribonlik uylariga topshirilgan. 

“Mazkur mahkuma ayollarning jazo muddatlari nihoyasiga yetganidan so‘ng, xalqaro huquq normalariga asosan ularni O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘riladi”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Iroqdagi qamoqxona o'zbekistonlik ayollar Prezidentga murojaat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing