Hindistonda o‘zbekistonlik ayollar 2021 yildan beri hibsda ushlab turilgani ma’lum bo‘ldi
3-sahifa
−
21 iyun 2023
17142O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi 2021 yilda chegarani noqonuniy kesib o‘tish vaqtida qo‘lga olingan uch opa-singil bilan bog‘liq vaziyatni nazoratga olganini ma’lum qildi. Bu haqda “Dunyo” Axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik uch nafar ayol 2021 yil oktyabr oyida Hindiston-Nepal chegarasining Bihar shtatidagi hududidan noqonuniy tarzda o‘tayotganda qo‘lga olingan. Arariya shahridagi birinchi instansiya sudi 2022 yil avgust oyida O‘zbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish (deportatsiya qilish) to‘g‘risida chiqargan qaroriga qaramasdan turli byurokratik to‘siqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli ular haligacha ushlab turilgan.
Shuningdek, fuqarolar hamda ularning yaqinlari tomonidan o‘z vaqtida ushbu masala yuzasidan tezkor konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat qilinmagan.
“Elchixona tomonidan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va Bihar shtatining tegishli idoralari bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar o‘tkazilmoqda. Vaziyat nazoratga olindi va fuqarolarimizni Vatanga qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, diplomatik missiya fuqarolarni Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolg‘on va’dalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda bo‘lib turish chog‘ida mahalliy qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.
LiveBarchasi