Sulaymoniyning qasosi uchun “qurbon qilingan” AQSH aviabazasi yana hujumga uchradi

Olam

image

Iroqdagi Xalqaro koalitsiya kuchlarining Ayn-al-Asad aviabazasiga hujum qilindi. Bu haqda koalitsiya vakili Ueyn Marotto ma’lum qildi.

“Bugun ertalab Ayn-al-Asad aviabazasiga dron hujum qildi. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q”, deydi Marotto.

Unga ko‘ra, bazadagi angar (samolyot va texnikalar saqlanadigan bino) zarar ko‘rgan. Hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Ueynning qo‘shimcha qilishicha, koalitsiya, Iroq markaziy hokimiyati va Kurdiston mintaqaviy hukumatiga qilingan hujumlar mamlakat qonun ustuvorligi hamda suverenitetiga putur yetkazmoqda.

O‘tgan yilning yanvar oyida unga Eron inqilobiy gvardiyasi korpusi ham hujum qilgandi. Hujum paytida Eronning g‘arbiy qismidagi Kirmanshoh viloyati hududidan o‘nlab raketalar otilgan. Eron buni AQSH tomonidan o‘ldirilgan korpus generali Qosim Sulaymoniy uchun qasos deya baholagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Iroq

Baholaganlar

515

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing