Iroqdagi AQSH harbiy bazasi o‘qqa tutildi

Olam

image

Iroq g‘arbidagi Anbar viloyatidagi xalqaro koalitsiya qo‘shinlari tomonidan foydalanilgan Iroqning Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib, “Shafaq News” portali xabar berdi.

AQSH Mudofaa vazirligi esa Vashington boshchiligidagi xalqaro koalitsiya kuchlari tomonidan foydalanilayotgan Ayn al-Asad havo bazasini o‘qqa tutishi oqibatida bir necha amerikalik harbiy xizmatchi yaralanganini tasdiqladi.

“Biz bugun Ayn al-Assad aviabazasida Amerika va koalitsiya kuchlariga gumon qilingan raketa hujumi sodir etilganini tasdiqlashimiz mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir qancha amerikalik harbiylar jarohatlangan”, dedi Pentagon rasmiy vakili.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSH harbiylari voqea haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan batafsilroq ma’lumot beradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Iroq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing