Iroqda to‘yda sodir bo‘lgan yong‘inda 100 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Iroqning Nineviya viloyatining Hamdaniya tumanida to‘y marosimida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi, yana 150 kishi jarohatlandi. Bu haqda INA agentligi xabar berdi.

Iroq Bosh vaziri Muhammad Shiaa Al-Sudani Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirlariga yong‘indan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilishni buyurgan.

“Jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda”, deyiladi hukumat rahbari matbuot xizmati xabarida.

Fuqarolik mudofaasi yong‘in to‘y vaqtida pirotexnikadan foydalanish oqibatida kelib chiqqanini taxmin qilmoqda.

Marosim o‘tkazilgan zalda ham yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmagan.

“Zalning ayrim qismlari qurilish vaqtida yonuvchan va arzon materiallar ishlatilgani uchun qulab tushgan”, deydi fuqaro muhofazasi xodimlari.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Iroq to'y

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing