Iroqda Telegram’ga qo‘yilgan cheklov bir hafta ichida olib tashlandi
Olam
−
13 avgust 2023
2937Iroq hukumati mamlakatda Telegram messenjeri blokirovkasini olib tashlash to‘g‘risidagi qarorni e’lon qildi. Bu haqda Iroq Aloqa vazirligining Facebook'dagi sahifasida keltirilgan bayonotda ma’lum qilindi.
“Aloqa vazirligi fuqarolarning e’tiborini Iroqdagi Telegram ilovasidan bloklashni 13 avgust kunidan boshlab Bosh vazirning buyrug‘iga asosan olib tashlashiga qaratadi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Bayonotga ko‘ra, mazkur qaror ilovaga egalik qiluvchi kompaniyaning mamlakat xavfsizlik idoralari talablariga javobidan so‘ng qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, ilgari Telegram messenjeri Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Braziliya, Hindiston va Indoneziyada vaqtincha cheklangan.
Eslatib o‘tamiz, Iroq rasmiylari 6 avgust kuni mamlakatda Telegram messenjeri bloklangani haqida xabar bergandi. Aloqa vazirligi ushbu chora vakolatli organlarning mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ko‘rsatmalari, shuningdek, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini saqlash maqsadida ko‘rilganini bildirgan. Vazirliklikning ta’kidlashicha, tegishli organlar boshqaruv kompaniyasidan xavfsizlik va jamoat tinchligiga tahdid soladigan rasmiy davlat idoralarining ma’lumotlari hamda iroqliklarning shaxsiy ma’lumotlari sizib chiqishi uchun javobgar bo‘lgan platformalarni yopishda hamkorlik qilishni bir necha bor talab qilgan. Biroq, Aloqa vazirligiga ko‘ra, kompaniya buni qilmagan va rasmiylarning hech qanday so‘roviga javob bermagan.
LiveBarchasi