Iroqda ISHID yetakchilaridan biri qo‘lga olindi
Olam
−
20 Sentabr 2020
7344Iroqda Hukumat xavfsizlik kuchlari qator teraktlarni bartaraf qilib, poytaxt Bag‘dodda ISHID terrorchilik tashkilotining rahbarlaridan birini qo‘lga oldi. Bu haqda “Al-Sumaria” telekanali xabar berdi.
Milliy xavfsizlik xizmatining Bag‘dod bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tuzoq qurib, ISHIDning Iroqdagi rahbarlaridan biri qo‘lga olgan. U Arbain (shialarning yillik xotirlash maroisimi) da teraktlar uyushtirishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda rasmiy Bag‘dod mamlakatda ISHID ustidan to‘liq g‘alaba qozonilganini ma’lum qilgandi. Biroq Iroq harbiylari xalqaro aksilterror koalitsiyasi yordamida va xalq qarshilik harakati bilan terrorchilik tashkilotining yashirin hujralarini aniqash ishlarini davom ettiryapti.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15