Iroqda ISHID rahbarlaridan biri o‘ldirildi

Olam

image

Iroqda AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning aviahujumi paytida ISHID terrorchilik guruhi rahbarlaridan biri yo‘q qilindi. Bu haqda "The New York Times" xabar bergan.

Xabarlarga ko‘ra, hujum paytida Abu Yosir ismi bilan tanilgan Jabbor Salmon Ali Farxon al-Issaviy yo‘q qilingan. 

Shuningdek, ISHIDning yana to‘qqiz nafar jangchisi ham yo‘q qilingan. 

Koalitsiya vakili Ueyn Marottoning ta’kidlashicha, al-Issaviyning o‘limi ISHIDga "jiddiy zarba" bo‘lgan.

Manbada qayd etilishicha, al-Issaviy ISHID jangarilarining Iroqdagi harakatlariga rahbarlik qilgan va mamlakatda guruh ta’sirini tiklashga harakat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

IShID

Baholaganlar

157

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing