Iroq Bosh vaziriga suiqasd qilmoqchi bo‘lishdi – OAV
Olam
−
12 iyun 2020
4093Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy kecha, 11 iyun kuni Mosul shahriga tashrifi chog‘ida unga suiqasd qilishga tayyorlanishganini aytdi. Bu haqda “Sky News Arabia” telekanali xabar bermoqda.
"Men xavfsizlik kuchlaridan Mosulga tashrifim paytida menga suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lishgani haqida hisobot oldim", dedi bosh vazir.
Al-Kozimiyga suiqasd rejasi Iroq va AQSH o‘rtasidagi strategik dialog fonida yuzaga keldi. Ikki mamlakat rasmiylari 11 iyundan beri siyosat, xavfsizlik, energetika va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilmoqda. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu aloqalar juda muhim, chunki urush va bo‘sh shiorlarga “yetar” deydigan vaqt keldi.
Mustafo al-Kozimiy 7 may kuni Iroq hukumati rahbari etib tayinlandi. Ilgari u mamlakat razvedkasiga rahbarlik qilgan. Mamlakat parlamenti uning kabinetiga ishonch bildirdi va siyosatchining dasturini ma’qulladi.
LiveBarchasi