Iroq ham Jahon chempionatidan voz kechmoqchi
Sport
−
13 mart 6365 1 daqiqa
Eron turnirdan rasman chiqib ketganidan so‘ng Iroq ham 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish masalasini qayta ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Atletic” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, xavfsizlik bilan bog‘liq jiddiy muammolar sabab Iroq futbol uyushmasi milliy terma jamoaning turnirga borishi xavfsiz bo‘lmasligi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Iroq tomoni avvalroq xalqaro futbol tashkilotidan joriy yilning 31 mart kuni Meksikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan o‘tish o‘yinini keyinga qoldirishni so‘ragan. Endi esa terma jamoaning musobaqada qatnashishi masalasi jiddiy ko‘rib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, ayrim manbalarga ko‘ra, Ispaniya, Turkiya va Germaniya ham AQSHning musobaqaga mezbonlik qilishi borasida xavotir bildirgan.
Ma’lumot uchun, Iroq terma jamoasi hozircha rasman Jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanmaydi. Ular joriy yilning 31 mart kuni Meksikada qit’alararo pley-off bosqichida ishtirok etishi kerak. Agar Iroq Bolivi va Surinam juftligi g‘olibini mag‘lubiyatga uchratsa, Jahon chempionatida “I” guruhi ishtirokchisiga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Arnold qo‘shni Erondagi mojaro sabab yuzaga kelgan muammolar tufayli mart oyiga rejalashtirilgan Jahon chempionati pley-off uchrashuvini keyinga qoldirishni so‘ragandi.
Live
Barchasi