Iroda To‘laganova Tennis federatsiyasida mas’ul lavozimga tayinlandi

Sport

image

Bugun, 8 fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchonov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, O‘zbekiston tennis federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdi. bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar berdi.

Konferensiya kun tartibidan federatsiyaga bosh kotib saylash masalasi bo‘lgan. Shuni inobatga olgan holda yig‘ilish ishtirokchilarga o‘zbek tennisining yorqin vakillaridan biri, bugungi kunda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi sardori sifatida faoliyat olib borayotgan Iroda To‘laganova nomzodi ilgari surilgan. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashgan. Shu tariqa, Iroda To‘laganova O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi lavozimiga saylangan.

Ma’lumot uchun, Iroda To‘laganova 1982 yilning 7 yanvarida tavallud topgan. Tennischilik faoliyati davomida yakkalik bahslarida 3 ta WTF, 3 ta ITF turnirlarida g‘alaba qozongan. Jahon reytingida 16-o‘ringacha ko‘tarilgan. "O‘zbekiston iftihori" faxriy unvoni, "Shuhrat" medali sohibasi.

Konferensiya davomida bungacha federatsiyada 20 yildan ortiq vaqt davomida bosh kotib sifatida faoliyat olib borgan Igor Shepelevga minnatdorchilik bildirilgan va o‘zbek tennisi rivoji yo‘lida amalga oshirgan ishlari alohida qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

tennis Iroda-To'laganova MOQ

Baholaganlar

30

Reyting

1.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing