Irlandiyada mehmonxona qurilayotgan joydan odam skeletlari topildi
Olam
−
10 iyul 2023
5890Irlandiyaning Dublin shahri markazidagi yangi mehmonxona qurilishida ming yillik tarixga ega qabrlar topildi. Bu haqda “The Journal” nashri xabar berdi.
O‘rta asrlarga oid 100 ga yaqin skelet qoldiqlari Kapel ko‘chasi atrofida bir vaqtlar Sent-Meri abbatligi joylashgan hududda topilgan. Qoldiqlardan kamida ikkitasi XI asr boshlariga tegishli, deb taxmin qilinmoqda. Shuningdek, qazilmalar natijasida 1600-yillarga oid binolarning poydevori ham topilgan.
Courtney Deery Heritage Consultancy (CDHC) qazilmalar konsaltingi direktori Edmond O’Donovan Dublin loyihasi hozirgi kunga qadar uning eng katta va eng murakkab loyihasi ekanligini aytdi.
“O‘z vaqtida Sent-Meri Irlandiyaning eng katta va eng boy o‘rta asr abbatligi edi”, dedi u.
Qazilmada “Gollandiyalik billiyes” deb nomlanuvchi uyning qismlari ham topilgan. U 1690 yilda Boyn jangidan so‘ng Dublinga kelgan ko‘chmanchilar tomonidan taxminan 1700 yilda qurilgan.
Skelet qoldiqlari Milliy Yodgorliklar Xizmatiga topshirilishi, ob’ektni tekshirish paytida topilgan boshqa tuzilmalar esa yangi mehmonxona majmuasi loyihasiga kiritilishi rejalashtirilmoqda.
Ma’lumot uchun, ushbu mehmonxona majmuasi 2024 yilning birinchi yarmida ochilishi kutilyapti. Uning qazilma ishlari olib borilayotgan bu hududda bir qator yangi ovqatlanish shoxobchalari va bar ochilishi rejalashtirilgan.
Sevara Husniddinova
LiveBarchasi