Irlandiya Bosh vaziri iste’fo berdi 

Olam

image

Bugun, 20 mart kuni Irlandiya Bosh vaziri Leo Erik Varadkar o‘z lavozimi va markaziy konservativ "Fine Gel" partiyasi raisligini tark etdi. U bu haqda RTE telekanali orqali murojaatida ma’lum qildi. 

“2017 yilning iyun oyida partiya yetakchisi va Bosh vazir bo‘lganimda, rahbarning fazilatlaridan biri hokimiyatni boshqa birovga topshirish zarur bo‘lgan paytda ketish va bunga o‘zida jasorat topa olish muhimligini bilardim. O‘sha vaqt keldi. Shuning uchun men bugundan boshlab "Fine Gel" rahbari sifatida iste’foga chiqaman”, degan u. 

Varadkarning qo‘shimcha qilishicha, partiyaga yangi rahbar kelishi bilan Bosh vazir lavozimini ham rasman tark etadi.

Biroq u nega bunday qarorga kelganini ochiqlamagan va bu lavozimlarga munosib emasligini qayd etgan.

 "Iste’foga chiqishim sabablari ham shaxsiy, ham siyosiy sabablarga ko‘ra. Puxta o‘ylab, o‘zimni tanqidiy tahlil qilganimdan so‘ng, men bu qarorga keldim. O‘ylaymanki, yangi Bosh vazir bunga erishish uchun mendan ko‘ra munosibroq bo‘ladi”, degan Varadkar.

Varadkarning aytishicha, "Fine Gel"ning yangi rahbari 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan partiya qurultoyiga qadar saylanishi rejalashtirilgan. Partiya rahbari deputatlar Pasxa bayramidan qaytganidan keyin Irlandiya Bosh vaziri etib tasdiqlanadi.

Irlandiyalik siyosatshunoslarning fikricha, bu qaror mutlaqo kutilmaganda sodir bo‘ldi. Bosh vazirning iste’fosi haqida mahalliy OAVga oldindan hech qanday ma’lumot sizdirilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Estoniya Adliya vaziri Kalle Laanet korrupsiya mojarosi fonida iste’foga chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

iste'fo Irlandiya Leo Erik Varadkar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing