Irqchilarni qamash kerak – Vinisius

Sport

image

Madridning “Real” klubi futbolchisi Vinisius Junior Italiyaning “Milan” klubi darvozaboni Mayk Menyanni qo‘llab-quvvatladi.

Gap shundaki, Italiya chempionatining navbatdagi turidan o‘rin olgan “Udineze”-“Milan” o‘yinida muxlislar tomonidan Menyanga irqchilik qilindi. Shu tufayli bahs 10 daqiqaga to‘xtatildi.  Menyan o‘yinni davom ettirishni istamay, kiyinish xonasiga yo‘l oldi, biroq jamoadoshlari uni qaytishga ko‘ndirdi. 

“Shunchaki gapirish hech narsani o‘zgartirmaydi. Irqchilarni qamoqqa olish vaqti keldi, ular kimligidan uyalsin. Bizning kurashimizni chin dildan qo‘llab-quvvatlayotganlarga minnatdorlik bildiraman va matbuotning e’tiborini qaratish uchun quruq gapirayotganlarga esa afsus ko‘zi bilan qarayman. Doim sen bilanman, Menyan”, deydi Vinisius.

Ma’lumot uchun, “Udineze” - “Milan” bahsi 3:2 hisobida “qizil-qoralar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. Hozirga kelib milanliklar Italiya chempionati turnir jadvalida 45 ochko jamg‘arib, 3-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Milan Vinisius Junior Mayk Men'yan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing