Ippodromda otlarning o‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxslar javobgarlikka tortildi

3-sahifa

image

Avvalroq “Toshkent otchopari” aksiyadorlik jamiyatiga tegishli otxonada 2 bosh ot ochlikdan o‘lgani haqida xabar berilgandi. Otlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Milliy gvardiya ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Chilonzor tumani huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi va Milliy gvardiya tomonidan ikki bosh otning nobud bo‘lishi hamda qolgan otlarning holsizlanishiga sabab bo‘lgan holat bo‘yicha barcha fakt va omillar hisobga olinib, tekshiruv o‘tkazildi.  

Yakuniy tekshiruv natijalariga ko‘ra, otlarning holsizlanishi va nobud bo‘lishida aybdor bo‘lgan shaxslar – S.A. va U.A.larga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 111-moddasi, 1-qismida (“Hayvonlarga nisbatan shavqatsiz munosabatda bo‘lish”) nazarda tutilgan huquqbuzarlik bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi. Ularning har biriga 900 ming so‘mdan jarima solindi. 

“Bundan tashqari, “Toshkent otchopari” rahbariyatini almashtirish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

otlar Ippodrom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar