Iphone'ning ilk avlodi 190 000 AQSH dollariga sotildi

Bu qiziq

image

Iphone'ning 2007 yilda ishlab chiqarilgan birinchi avlod qurilmasi o‘z bahosidan 300 barobar qimmatga sotildi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Dastlab 599 AQSH dollariga sotib olingan 4GB modeli auksionga qo‘yilganida hali ishlab chiqarilgan o‘ramida edi. Qurilma 190 ming 373 dollarga sotildi. “LCG Auctions” auksion uyi qurilmani "mashhur yuqori darajadagi kolleksiya" va "juda kamyob" deb ta’rifladi. Sababi Displeyiga zarar yetmagan yoki tugmalari sinmagan birinchi avlod iPhone'ni ayni paytda topish mushkul.

Bundan tashqari, 4GB modeli sotuvlar hajmining orqada qolishi va 8GB modelining chiqarilishi tufayli ishga tushirilgandan ko‘p o‘tmay to‘xtatilgan.

Kimoshdi savdosining dastlabki taklifi 10 000 dollar edi, shundan so‘ng jami 28 ta taklif bildirilgan.

Auksion veb-saytida qayd etilishicha, qurilmani taqdim etgan odam avval Apple kompaniyasining muhandislik guruhi a’zosi bo‘lgan.

Bu yil Apple kompaniyasining o‘sha paytdagi bosh direktori Stiv Jobs 2007 yil 9 yanvarda San-Fransiskodagi “Macworld” ko‘rgazmasida iPhone smartfonini taqdim etganiga 16 yil to‘ldi. O‘shanda u "Bugun Apple telefonlarni qaytadan kashf etadi", degan edi.

Ma’lumot uchun, Iphone'ning yana bir ko‘hna vakili fevral oyida 63,356 AQSH dollariga, boshqasi esa 40,320 dollarga sotilgan.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

apple Iphone

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing