Apple iPhone ekraniga o‘zgartirish kiritmoqchi

Texnologiya

image

Apple Samsung`dagi kabi ramkasiz displeyli iPhone'ni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Hozirda ushbu telefon ustida dastlabki ishlar olib borilyapti. Bu haqda “Aroged” nashri ma’lum qildi.

Kompaniya mos keladigan OLED ekranlarni ishlab chiqish uchun Samsung Display va LG kompaniyalariga murojaat qildi.

iPhone'ni ramkadan xalos etish uchun ishlab chiqaruvchilar yupqa plyonkali inkapsulyatsiya (TFE) va ekran ostidagi kamera (UPS) texnologiyalari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishi kerak. Bundan tashqari, yetkazib beruvchilar smartfon antennalarining joylashuvi uchun joy ajratishi shartligi qayd etilgan.

iPhone'ning ushbu yangi avlodi butunlay tekis ekranga ega bo‘ladi va har to‘rt tomondan ramkalarsiz to‘liq ekran bilan taqdim etiladi. Apple shuningdek, qurilmaning ichki qismini namlik va kisloroddan himoya qilish uchun nozikroq organik va noorganik plyonkalarni ishlab chiqishga e’tibor qaratmoqda.

Yaqinda sotuvga chiqariladigan iPhone 15 ning torroq ramkalarga ega bo‘lishi haqida ma’lumotlar bor, ammo bu yerda gap butunlay ramkasiz ekran haqida boryapti va bu jarayon yangi texnologiyalarni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Apple iPhone'lar orqali amalga oshirilgan savdo uchun qo‘shimcha uskunalarsiz to‘lov qilish imkoniyatini beruvchi ilovani yaratdi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Iphone

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing