iPhone 16 taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Texnologiya

image

Bugun, 9 sentyabr kuni It's Glowtime taqdimoti doirasida Apple yangi smartfonlarini taqdim etdi.

Taqdimotda ikki asosiy model –  iPhone 16 va iPhone 16 Plus ixchamroq va kattaroq paradigmani saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi.  iPhone 16 6,1 dyuymli displeyga ega, iPhone 16 Plus esa 6,7 dyuymli paneldan foydalanadi. Ikkala model ham moslashtiriladigan Action tugmasi bilan foto va video suratga olish uchun sensorli Capture tugmasiga ega bo‘ladi. Undan kattalashtirish yoki fokuslash uchun foydalanish mumkin. 

Shuningdek, qurilmaning unumdorligi yangi neyron dvigatelga ega Apple A18 chipseti tomonidan boshqariladi, bu foydalanuvchiga turli sun’iy intellekt operatsiyalarini bevosita qurilmada tezda bajarish imkonini beradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala smartfon ham 8 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi – aynan shu Apple Intelligence chiplarining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur.

Narxga keladigan bo‘lsak, iPhone 16 799 dollardan va iPhone 16 Plus 899 dollardan boshlanadi (boshlang‘ich xotira sig‘imi 128GB)

Yangi model xususiyatlari:

2000 nit display
New colours
Active button
Camera control slider
Apple & Visual Intelligence
48MP main, 2x telephoto at 12MP
12MP ultrawide w/ AF

Mazkur ikki model besh rangda taqdim etiladi: qora, oq, pushti, ko‘k va yashil.

Flagman modellari ancha nozikroq ramkali ekranlarni oldi, bu esa foydalanuvchilarga tanish o‘lchamlarni saqlab qolgan holda displeylarni biroz kattalashtirish imkonini berdi. iPhone 16 Pro diagonali 6,3 dyuymga, iPhone 16 Pro Max esa 6,9 dyuymga teng (uning o‘tmishdoshlari mos ravishda 6,1 va 6,7 dyuymga ega edi).

Taqdimotdan ko‘rinadiki, Pro versiyalarida protsessor yangilangan - Apple A18 Pro. Bu yangi chipning yanada kuchli versiyasi. Ikkala flagman ham 48 megapikselli ultra keng burchakli kameraga ega bo‘ldi, bu iPhone 15 Pro’dagi 12 megapikselli moduldan sezilarli darajada ustundir. Ikkala modeldagi telefoto kamera hozirda eng yuqori darajaga ega bo‘lib, sifatni yo‘qotmasdan 5x optik kattalashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi (ilgari bu faqat iPhone 15 Pro Max’da mavjud edi).

Shuningdek, qurilmalarda 8K video yozish, 3D fazoviy suratga olish rejimi va yangi JPEGXL formatida suratga olish imkoniyati mavjud bo‘lib, u kichikroq fayl hajmida yuqori sifatni ta’minlaydi.

Ta’kidlash joizki, iPhone 16 Pro va 16 Pro Max dizayni o‘zgarmagan, ammo yangi qum rangli Gold Titanium qo‘shilgan. U quyuq ko‘k rangli titan o‘rnini egallagan. Qolgan uchta rang o‘zgarishsiz qolgan: qora Black Titanium, oq White Titanium va sarg‘ish Natural Titanium.


Maqola muallifi

Teglar

iPhone Apple

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing