iPhone 16 ning taxminiy dizayni taqdim etildi

Texnologiya

image

iPhone 16 sinovlarining ikkinchi bosqichi deyarli yakunladi. Apple cmartfonining ehtimoliy dizayni va rasmi X ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi. 

Bildirilishicha, iPhone 16 dizaynidagi asosiy o‘zgarishlar kamera blokida bo‘lishi kutilmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, iPhone 16 Pro oltita kameraga ega bo‘ladi. Ulardan ikkitasi 3D formatida Apple Vision Pro garniturasida ko‘rish uchun fazoviy suratlar va videolarni yaratishda ishlatilishi mumkin.

Joriy yilning bahorida, 2027 yilgacha Apple smartfonlarida bo‘ladigan asosiy o‘zgarishlar aks etgan reja internetda paydo bo‘lgandi. Hujjatda aytilishicha, navbatdagi iPhone hozirgi versiyalarning dizaynidan katta farq qilmaydi. iPhone 17 Pro esa zamonaviy Android smartfonlarida bo‘lgani kabi ekran ostidagi Face ID skaneri va old kamera uchun kichik kesma bilan taqdim etiladi.

iPhone 16 taxminan 11 oydan so‘ng namoyish etilishi taxmin qilinmoqda. Shu sababli Apple'ning rejalari ushbu muddat ichida yana o‘zgarishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, iPhone 15 joriy yil 12 sentyabrda ilk bor taqdim etildi va 22 sentyabr kuni dunyo bo‘ylab savdoga chiqarildi. Shu kuni iPhone 15 Pro Max'ni sotib olish uchun navbatda turgan odamlar o‘rtasida Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates Mall savdo markazida janjal sodir bo‘ldi. Keyinchalik yangi iPhone 15 smartfonlarini quvvat banklariga ulaganda to‘g‘ri ishlamayotgani haqida xabar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

kamera dizayn iPhone 15 iPhone 16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing