Iordaniya sobiq valiahd shahzodasi tayyorlagan isyon bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlandi

Olam 2732
image

Iordaniyaning sobiq valiahd shahzodasi Hamza bin Husaynning atrofidagi odamlari podshoh Abdulloh II ni taxtdan ag‘darish rejasini “tashqi kuch”lar bilan birgalikda tuzgan va ular bilan aloqada bo‘lgan. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari va IIV rahbari Ayman Safadi ma’lum qildi.

Safadining ta’kidlashicha, maxsus xizmatlar davomida shahzoda Hamza va boshqa fitnachilarni uzoq vaqt davomida kuzatgan.

“Tekshiruv davomida chet eldagi aloqalar ham aniqlangan. Ular bilan davlat to‘ntarishini qachon boshlash va vaziyatni beqarorlashtirish muhokama qilingan”, Bosh vazir o‘rinbosari.

Safadi tergovoldi surishtiruvi natijasida Hamzaning chevrasidagi odamlar boshqa davlatlardagi odamlar bilan, xususan, tashviqot olib borish uchun xorijiy muxolifat bilan ham bog‘langanini aytib o‘tgan.

“Bu shahzoda Hamzaning so‘nggi vaqtlarda jamoat arboblari bilan faol muloqot olib borayotgan davrga to‘g‘ri kelgan. Uning maqsadi mamlakatda milliy xavfsizlik izdan chiqarishga tashviq va da’vat qilish bo‘lgan. U o‘z harakatlarini sobiq Moliya vaziri Bassem Avadalla bilan muvofiqlashtirib borgan”, deydi Safadi.

Qayd etilishicha, fitnachilar rejalashtirishdan monarxni ag‘darish uchun harakatga o‘tgan vaqtda qo‘lga olingan. Safadi podshoh Abdulloh II muammoni oila ichida hal etish uchun sobiq valiahd shahzoda bilan muzokara qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Iordaniyada podshohni ag‘darishda gumonlangan 20 kishi hibsga olindi. Ular orasida hukmron sulola a’zosi Sharif Hasan bin Zoid, podshohning sobiq maslahatchisi, Moliya vaziri Bassem Avadallu ham bor.

Shahzoda Hamza uni uy qamog‘iga olishganini hamda telefon va interdan mahrum qilishganini aytgan.

40 yoo‘di Hamza bin Husayn marhum podshoh Husayn ibn Talalning o‘g‘li va amaldagi monarx Abdulloh II ning o‘gay ukasi. U 2004 yilda valiahd shahzoda unvonidan mahrum qilingan. Hozir 26 yoshli Husayn ibn Abdulloh valiahd shahzoda hisoblanadi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 112
Reyting: 3.1
Teglar
t
×