Iordaniya qirolichasi Isroilga hamdardlik bildirdi
Olam
−
08 may
21255Iordaniya qirolichasi Raniya isroillik ayollarga hamdard ekanini aytdi. Bu haqda "Lexaim" nashri ma’lum qildi.
Raniya ularning farzandlari – Isroil armiyasi askarlari hamon G‘azo sektorida, HAMAS qo‘l ostida qolayotgani uni chuqur qayg‘uga solishini ta’kidlagan. Qirol Abdulla II ning rafiqasi har kuni o‘zini "Yevropadagi yahudiylarning ta’qib qilinishiga" guvoh bo‘lgan isroilliklarning o‘rniga qo‘yib ko‘rishini qo‘shimcha qilgan. Biroq qirolicha sionistlar tomonidan har kuni o‘ldirilayotgan minglab murg‘ak bolalar haqida gapirmagan.
Ma’lumot uchun, oldinroq Raniya va Abdullaxon II ning qizi, Iordaniya harbiy-havo kuchlari uchuvchisi bo‘lgan malika Salma Eron tomonidan Isroilga qarata otilgan oltita hujumchi dronni urib tushirgani bilan maqtangan edi.
LiveBarchasi