Iordaniya G‘azoga qo‘shin jo‘natmoqchi emas

Olam

image

Iordaniya Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Ayman as-Safadiy Falastin anklavidagi vaziyatni mojarodan keyingi tartibga solish doirasida G‘azo sektoriga Iordaniya qo‘shinlarini yuborish imkoniyatini istisno qildi. Bu haqda u Afinada gretsiyalik mavqedoshi Yorgos Gerapetritis bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Biz G‘azoga Isroil ishg‘ol armiyasiga muqobil kuch sifatida qo‘shin yubormaymiz”, deydi as-Safadiy.

As-Safadiy Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va uning hukumati gumanitar falokat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishini ta’kidladi.

“Netanyaxu va uning hukumati bu tajovuzni boshlab yubordi va biz ulardan keyin tozalash niyatimiz yo‘q”, deydi u.

Iordaniya Bosh vaziri o‘rinbosari Isroilda arablar tinchlik o‘rnatish uchun sherik topa olmaganidan afsusda ekanligini bildirdi.

“Biz hozir mintaqada tinchlikni istamaydigan yahudiy davlati tarixidagi eng ekstremistik hukumatga duch keldik”, deb ta’kidladi u.

Matbuot anjumanida as-Safadiy G‘azo sektorida harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi, chunki “tajovuzning davom etishi kollektiv xalqaro institutlarning sharmandali falaj ekanligini ko‘rsatadi”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Iordaniya G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlaydi va Falastin xalqi taqdirini hal etish va ularning qonuniy huquqlarini amalga oshirishni kafolatlaydigan kompleks yondashuv tarafdori.

“Ikki davlatning yonma-yon yashashi tamoyiliga asoslangan kelishuv zo‘ravonlikni to‘xtatishning yagona yo‘li, chunki mintaqada urushning avj olish xavfi real va kundan kunga kuchayib bormoqda”, deydi Bosh vazir o‘rinbosari.


Maqola muallifi

Teglar

Falastin Isroil Iordaniya G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made