Investorlar avval “gazing, suving, “svet”ing bormi”, deb so‘raydi – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekistonga keladigan investorlar avval “gazing, suving, “svet”ing bormi, aeroportlaring ishlab turibdimi, korrupsiya jilovlanganmi”, deb so‘raydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Prezidentga ko‘ra, Taxiatosh elektrostansiyasi 65 yil avval qurilgan, bugungi kun talablariga javob bera olmaydi. Shuning uchun borlarining quvvatini oshirib borish bilan birga, yangi va innovatsion quvvatlarni ham yo‘lga qo‘yyapti.

“Bizga keladigan investorlar avval so‘raydi – gazing, suving, sveting bormi, aeroportlaring ishlab turibdimi, korrupsiya jilovlanganmi, deydi. Biz bunga munosib javob berishimiz kerak. Navoiyda quyosh elektr stansiyasini qurdik, endi navbat shamol energiyasiga, buni ham bajaramiz. Agar bu loyiha to‘liq ishga tushsa, 110 ming aholi elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Hozir Qoraqalpog‘istonda hamma rahbarlar ishlayapti. Birorta tuman e’tibordan chetda qolmaydi. Maqsadimiz - hudud iqtisodiyotini, salohiyatini ikki barobar oshirish” deydi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining ta’kidlanishicha, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi 20ga yaqin yetakchi kompaniyalar o‘rtasida o‘tgan tanlovda 1 kilovatt soat elektr energiyasi uchun 2,57 AQSH senti tarif taklifi bilan g‘olib deb topilgan. Bu ham adolat, raqobatdir.

Qayd etilishicha, “ACWA Power” kompaniyasi 100 MVt quvvatli yangi shamol elektr stansiyasini quradi. Mazkur elektr stansiya 2 yil ichida, ya’ni 2024 yilda ishga tushiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz suv svet

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing