Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tayinlov amalga oshirildi
Jamiyat
−
28 iyun 2019
5534Joriy yilning 27 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Xurram Fattixovich Teshabayev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazining direktori etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Markazning asosiy vazifasi mamlakatning raqobatdagi ustunligi, sanoat, infratuzilma, xom ashyo va inson salohiyatini safarbar qilishga yo‘naltirilgan yangi investitsiya loyihalarini aniqlash va ishlab chiqish hisoblanadi.