Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Anvar Damirovich Asomov O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Anvar Asomov 2019 yili 29 yanvardan bugungacha Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan. U 2018 yil 8 maydan buyon raisining o‘rinbosari sifatida qo‘mitada ishlab kelayotgandi.

Qayd etish kerakki, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rasmiy saytida vakant vazir o‘rinbosari lavozimi ko‘rsatilmagan.

Ammo O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 noyabr kuni imzolagan “Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha vazirning o‘rinbosari lavozimi kiritilishi belgilangandi. Asomov aynan shu o‘rinbosarlik lavozimiga tayinlangan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Anvar Asamov

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing