ITSVda Afg‘oniston bilan hamkorlik bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi
Jamiyat
−
17 noyabr 2020
3416O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Afg‘oniston bilan tashqi istiqodiy hamkorlik bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 noyabr kuni imzolagan “Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Qarorda ta’kidlanishicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha vazirning o‘rinbosari lavozimi kiritiladi va u bir vaqtning o‘zida “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi direksiyasi direktori etib belgilanadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining Afg‘oniston Islom Respublikasi bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘rinbosari Afg‘oniston Islom Respublikasidagi savdo uylari hamda tashkilotlarning Surxondaryo viloyatida tashkil etiladigan faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Shuningdek, 2020 yilning 1 dekabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Afg‘oniston Islom Respublikasidagi elchixonasi shtatlar jadvaliga mehnatga haq to‘lash fondiga tegishli o‘zgartirishlar kiritgan holda savdo va iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimi kiritiladi.
LiveBarchasi