Intim videosini tarqatmaslik uchun fuqarodan 1 mlrd so‘m talab qilgan tovlamachi ushlandi

Jamiyat

image

Xorazm viloyati Xiva tumanida intim sahnalar tasvirlangan videosini tarqatish bilan qo‘rqitib, fuqarodan 1 milliard so‘m talab qilgan tovlamachi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi QALAMPIR.UZ nashriga xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tuman bo‘limi tomonidan Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, fuqaro J.B. fuqaro B.J.ni "G" ismli tanishi bilan jinsiy aloqada bo‘lganligini video tasvirga olganligini aytib, ushbu tasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatish bilan qo‘rqitgan.

J.B. bunday qilmaslik shartiga B.J.dan joriy yil fevral oyida 500 million so‘mga xarid qilgan bino-inshootini kelgusida yana 1 milliard so‘mga qayta sotib olishini talab qilgan. Shundan so‘ng, fuqaro J.B. huquq muhofaza qilish o‘rgan xodimlari tomonidan 90 million so‘m va 20 000 AQSH dollarini tovlamachilik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165 moddasi 3 qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Bosh prokuratura bir nafar shaxs vafot etgan "Archako‘cha"dagi pichoqbozlik sababini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Bosh prokuratura Tovlamachilik

Baholaganlar

662

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing