Intim suratlarni tarqatmaslik uchun dugonasidan pul talab qilgan ayol ushlandi (video)

3-sahifa

image

Buxoroda Telegram’da soxta profil ochib dugonasining intim suratlarini qo‘lga kiritgan va ularni tarqatmaslik uchun 6 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 19 yanvar Telegram messenjerida o‘zini Feruz deb tanishtirgan shaxs oshiq rolini o‘ynagan va jabrlanuvchi ayol bilan tanishgan. Ayol “sirli oshiqqa” ishongan va o‘zining eng shaxsiy foto va videolarni yuborgan. Shundan so‘ng “oshiq” “yo 6 ming AQSH dollari berasan yoki yalang‘och rasmlaringni butun oilangga, ota-onangga tarqatib yuboraman”, deb shart qo‘ygan.

Ushbu holat ortidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir jarayonida gumonlanuvchi talab qilgan puldan 2 million so‘m plastik kartaga o‘tkazib berilgan. Aynan shu vaqtda ayol ashoviy dalillar bilan voqea joyida qo‘lga olingan.

Hozirda fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida ishqiy munosabatlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ayol kishidan 100 mln so‘m pul talab qilgan 2 nafar erkak qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tovlamachilik Intim suratlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing