Intim suratlarni tarqatmaslik uchun ayoldan pul talab qilgan 2 erkak ushlandi

3-sahifa

image

Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida ishqiy munosabatlarini oshkor qilish bilan qo‘rqitib, ayol kishidan 100 mln so‘m pul talab qilgan 2 nafar erkak qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qorovulbozor tumanining “Tinchlik” mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan fuqaro tumanning “Cho‘lquvar” mahallasida yashovchi sherigi bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Ular tovlamachilik yo‘li bilan o‘zganing 2024-2025 yillar davomida birga ishqiy munosabatga kirishgan ayolning holatini unga bildirmagan holda foto va videotasvirga olgan.

Shundan so‘ng, ular ayoldan ushbu holat haqida uning oila a’zolari, qarindosh-urug‘lari, ishxonasi, tegishli huquq-tartibot organlari va boshqa mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilishi, jabrlanuvchi uchun sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib, 100 million so‘m talab qilgan.

Joriy yilning 9 avgust kuni Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda Qorovulbozor tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar oldindan kelishilgan puldan 40 million so‘mini bo‘nak sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida erkakning intim fotolarini tarqatmaslik uchun 14 ming dollar pul talab qilgan 30 yoshli ayol qo‘lga tushgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro Qorovulbozor Intim suratlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing