Intiho yaqin: Yevroparlament Brexit`ni ma’qulladi

Olam

image

Yevropa parlamenti Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi kelishuvni ma’qulladi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Hujjatni yoqlab 621 nafar deputat ovoz berdi, 49 nafar deputat unga qarshi chiqdi va 13 nafari betaraflikni saqladi.

Brexit loyihasi 30 yanvar, kuni YeI kengashida ko‘rib chiqiladi, 31 yanvar, juma kuni esa Buyuk Britaniya rasman Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqqanini e’lon qilishi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvarda Brexit haqidagi qonun loyihasi 3 kishi tomnoidan tasdiqlangandi. Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen Bryusselda kelishuvni imzolagandi. Shu kuni Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va Bosh vazir Boris Jonson ham Brexit haqidagi qonun loyihasini tasdiqlagandi.

Ma’lumot uchun, Britaniya uchun YeIdan chiqish 2010 yilda asosiy siyosiy maqsad bo‘lib ulgurgandi. 2016 yilda o‘tkazilgan referendumda Ittifoqdan chiqish tarafdorlari ko‘p ekani ma’lum bo‘ldi. Brexit tufayli Britaniyaning ikki Bosh vaziri muddatidan avval lavozimini tark etdi. Bular, Brexit jarayoni boshlanganda hukumat rahbari bo‘lgan Devid Kemeron va undan keyin kelgan Tereza Mey.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqi Brexit

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing