Interpolning yangi prezidenti saylandi

Olam

image

Bugun, 27 noyabr kuni fransiyalik Lukas Filipp Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti (Interpol)ning yangi prezidenti etib saylandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, saylov Marokashda bo‘lib o‘tgan bosh assambleya davomida amalga oshirilgan. Fransiya politsiyasi vakili Lukas Filipp to‘rt yillik muddatga prezidentlik qiladigan bo‘ldi.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, assambleyada Interpolga a’zo 179 davlat va 34 xalqaro tashkilotdan jami 886 nafar delegat qatnashgan. Ular kiberjinoyatchilik, firibgarlik markazlari faoliyati, uyushgan jinoyatchilik va ma’lumotlarni himoya qilish kabi global xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Interpolning Lion shahridagi shtab-kvartirasida tashkilot logotipi aks etgan bayroq hilpirab turadi — bu jinoiy faoliyatga qarshi xalqaro hamkorlik ramzi sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Birlashgan Arab Amirliklaridan Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Interpol Xalqaro jinoiy politsiya Lukas Filipp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing