Interpol O‘zbekistonda xalqaro qidiruvdagi chet ellikni ushladi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan chet el fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

Tezkor qidiruv tadbirlari o‘tkazish chog‘ida Interpol MMB xodimlari Qirg‘izistonda xalqaro qidiruvga berilgan chet ellik fuqaroni ushlashga muvaffaq bo‘lgan. Jinoyatchi qirg‘izistonlik hamkasblar tomonidan rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va kontrabandaga sheriklik ayblovi bilan qidiruvda bo‘lgan. Shu munosabat bilan jinoyat harakatlarining og‘irligini hisobga olib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Bishkekdagi Interpol vakillariga qidiruvdagi shaxs Qirg‘izistonga keyingi jinoiy javobgarlikka tortish uchun ekstarditsiya qilinishidan oldin hibsga olingani haqida ma’lum qilingan. 

Hozirda qo‘lga olingan shaxsni Qirg‘iziston Respublikasiga ekstraditsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Interpol

Baholaganlar

399

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing