Interpol qidiruvidagi o‘zbekistonlik Misrda ushlandi

3-sahifa

image

Tovlamachilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Misrda qo‘lga olingan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Interpolning O‘zbekiston va Misr Milliy markaziy byurolari hamkorligidagi tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik sodir etgani uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Misr hududida aniqlanib, qo‘lga olingan.

Qohira va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov mavjud emasligi sababli uni olib kelish yo‘nalishi Rossiya Federatsiyasi orqali tranzit tarzida tashkil etilgan. Domodedovo xalqaro aeroporti orqali to‘siqsiz tranzitni ta’minlashda Rossiya Federatsiyasi Interpol Milliy markaziy byurosi yordam ko‘rsatgan.

Ekstraditsiya qilingan shaxs O‘zbekiston Respublikasiga olib kelingach, mamlakat qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortish uchun vakolatli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.

“O‘tkazilgan tadbirlar Interpol yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro politsiya hamkorligining yuksak samaradorligini hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar shaxs Turkiyada qo‘lga olinib, O‘zbekistonga qaytarilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Misr ekstraditsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing