Interpol qidirgan o‘zbekistonlik Gruziyada ushlandi
3-sahifa
−
31 yanvar 2916 1 daqiqa
Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gruziyadan ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Interpol kanallari orqali O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan nomusga tegish jinoyatini sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilingan.
Qidiruvdagi shaxs Gruziya hududida bo‘lgan va xalqaro qidiruv doirasida qo‘lga olingan.
Ekstraditsiya O‘zbekiston va Gruziya Interpol xodimlarining muvofiqlashtirilgan o‘zaro hamkorligi va qo‘shma tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida amalga oshirilgan.
Ta’kidlash joizki, ushbu ekstraditsiya so‘nggi ikki oy ichida Gruziya tomonidan qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarolarining uchinchi bor topshirishidir.
Ekstraditsiya qilingan shaxs O‘zbekiston Interpol xodimlari hamrohligida O‘zbekiston hududiga olib kelinib, keyingi protsessual harakatlarni amalga oshirish va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillariga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq firibgarlik ishi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Xorvatiyada qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi