Interpol qidirgan o‘zbekistonlik BAAda ushlandi
3-sahifa
−
04 fevral 3535 1 daqiqa
Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Interpolning Toshkent va Abu-Dabi Milliy markaziy byurolarining yaqin hamkorligi natijasida Birlashgan Arab Amirliklaridan firibgarlik jinoyatini sodir etgani uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabbusi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilingan.
Ekstraditsiya ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan faoliyat hamda Interpol kanallaridan foydalangan holdagi samarali hamkorlik tufayli amalga oshirilgan. Ushbu ish transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish va javobgarlikning muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan.
Hozirda fuqaro qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlik hamda sud oldida javob uchun vakolatli organlarga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gruziyadan ekstraditsiya qilingandi.