Internetda saylov bo‘yicha 150ta qonunbuzilish holati tarqaldi – Bosh prokuror

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev hozirgi vaqtga qadar internetda tarqalgan saylov bo‘yicha qonunbuzilish holatlari aks etgan videolar haqida so‘z ochdi.  Uning aytishicha, saylovlarda 4 mingdan ortiq prokuratura vakillari xizmat o‘tamoqda. 

“Bizda tor doirada mutaxassislar mavjud. Tergovchi, sudlarda qatnashadigan, qonunlar ijrosini, hususan saylov to‘g‘risidagi qonunlarini mukammal tushunadigan va o‘zlashtirgan xodimlarimizni ham shtab a’zoligiga, shu bilan birgalikda joylarda amaliy yordam beradigan vakillarimizni shulardan iborat tarkibda jamlaganmiz. 

Mana, bular joylarga chiqib saylovchilarning haq-huquqlarini ta’minlaydigan amaliy yordamlarini  ko‘rsatishdi. Men 65ta deb aytib o‘tdim. Hozirgi vaqtga kelib 150dan ortiq internet tarmoqlarida fuqarolarimizning qonunbuzilish holatlari haqida xabarlarini ko‘rmoqdamiz. Bu quvonarli hol. Har bir fuqaro mamlakatimizdagi shaffoflik imkoniyatlaridan foydalanib o‘zining daxldorlik hissi bilan qo‘l urmoqda. Bundan biz xursand bo‘lishimiz kerak. 

4 mingdan ortiq prokuratura xodimlari saylov uchastkalaridagi holatlarni mukammal o‘rganib chiqmoqda. Bularni zudlik bilan o‘rganib jamoatchilikka yetkazamiz”, deydi Nig‘matulla Yo‘ldoshev. 

Yo‘ldoshev nutqi davomida oila a’zolari bilan ovoz berish uchun Yunusobod tumanidagi 818-saylov uchastkasiga borganini qo‘shimcha qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nig'matilla Yo'ldoshev

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing