“Internetda duv-duv gap”. Versaldagi to‘yga 59 mln dollar sarflandi

Bu qiziq

image

Parijda dunyodagi eng qimmat to‘ylardan biri bo‘lib o‘tdi. Amerikaning mashhur "Maroon 5" guruhi "navbatchilik" qilgan Versal saroyidagi to‘y marosimi uchun qariyb 59 mln dollar sarflangan. Bu haqda "Lenta.ru" xabar berdi

Nashrning yozishicha, TikTok ijtimoiy tarmog‘i Brokvey va Lagronning ushbu hashamatli to‘yidan olingan videolar bilan to‘lib ketgan. Ba’zi ommaviy axborot vositalari ushbu marosimni allaqachon "asr to‘yi" deb atay boshlagan. Ko‘pchilik Fransiya poytaxtida qirollik miqyosida ziyofat uchun qancha pul "havoga sovurilgani"ga qiziqmoqda.

Madlen Brokvey va Jeykob Lagronning to‘yi besh kun davom etgan bo‘lib, amerikalik "Maroon 5" pop-rok guruhi kelin-kuyovning to‘y raqsi uchun hatto maxsus qo‘shiq ham yozgan.

Nashrning yozishicha, allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda tanilib ulgurgan kelinning otasi Mercedes-Benz'ning dilerlik markazlariga ega, onasi esa ushbu kompaniya filiallaridan birining vitse-prezidenti hisoblanadi.

Amerikalik merosxo‘r Madlen Brokvey va uning turmush o‘rtog‘i Jeykob Lagron nikohdan o‘tishidan oldin o‘z oilasi va yaqinlari bilan shaxsiy samolyotida Parijga uchib ketgan. 

26 yoshli qizning professional dizaynerlar tomonidan tayyorlangan kelinlik liboslari ijtimoiy tarmoq orqali namoyish etilgach, uning akkaunti millionlab obunachilarga ega bo‘lgan hamda ko‘pchilik Madlenga o‘z hayratlarini ifoda etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Parij Versal' qimmatbaho to'y

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing