Internet orqali yuzlab odamlarning sho‘rini quritganlar qo‘lga tushdi
Jamiyat
−
19:12 376 2 daqiqa
Toshkentda ijtimoiy tarmoqlar orqali turli mahsulotlarni sotish, kredit olib berish va pullarni ko‘paytirishni va’da qilib, fuqarolardan pul olgan shaxs ushlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1996 yilda tug‘ilgan B.I. bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirib, fuqarolarning ishonchiga kirish orqali pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan. Ular ijtimoiy tarmoqlarda noutbuk, mebel, bolalar krovatlari, changyutkich, televizor va telefon sotishni va’da qilib, xaridorlardan oldindan to‘lov olgan.
Bundan tashqari, gumonlanuvchi va uning sheriklari fuqarolarga onlayn kredit rasmiylashtirib berish, pullarini ko‘paytirish va internet orqali daromad topishda yordam berishni va’da qilgan. Ayrim holatlarda esa gumonlanuvchi o‘zini bank xodimi sifatida tanishtirgan.
Jumladan, joriy yilning mart oyidan iyun oyigacha bo‘lgan davrda u va sheriklari turli fuqarolardan bir necha yuz ming so‘mdan 29,7 million so‘mgacha pul olgan. Pullar turli shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartalarga o‘tkazilgan va sheriklar o‘rtasida taqsimlangan.
Jabrlanuvchilar orasida 2006 yilda tug‘ilgan yoshlar hamda yoshi kattaroq fuqarolar ham bor. Xususan, bir fuqarodan uning pullarini ko‘paytirib berish va’dasi bilan 29 million 730 ming so‘m undirilgan. Boshqa bir holatda esa telefon sotish bahonasida fuqarodan jami 10 million 762 ming so‘m olingan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ichki ishlar organlari fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot sotib olishda, kredit rasmiylashtirish yoki daromadni ko‘paytirish haqidagi takliflarga ishonishda ehtiyot bo‘lishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida bir nechta kripto-birja orqali 2,5 trillion so‘mga teng kripto-aktivlar aylanmasini amalga oshirgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Live
Barchasi