“Inter” va “Yuventus” Eldor Shomurodov uchun kurashmoqda

Sport

image

“Jenoa” klubi hujumchisi, o‘zbekistonlik Eldor Shomurodovning xizmatlariga Italiyaning bir qator grand klublari qiziqish bildirmoqda. Ular orasida “Yuventus” va “Inter” asosiy da’vogarlardir. Bu haqda “Tuttojuve” nashri xabar tarqatdi.

“Seleksiya ishlari bo‘yicha dunyoning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lgan “Keksa Sinora” A seriyaning yulduz futbolchilarining emas, balki 25 yoshli “Jenoa” va O‘zbekiston milliy terma jamoasining hujumchisi Eldor Shomurodov transferiga asosiy e’tiborini qaratgan. 

“Inter” esa Shomurodovni jamoaga olib kelish uchun iqtidorli futbolchisi — Sebastiano Espositoni ham transfer summalariga bonus sifatida qo‘shib bermoqchi va shu tariqa “zebralar”dan o‘zib ketishni maqsad qilgan”, deyiladi xabarda. 

“Inter” ham, “Yuve” ham to‘rtinchi hujumchi sifatida qaralayotgan Shomurodovni sotib olish uchun jiddiy raqobatga kirishgan.

Ma’lumot uchun, Shomurodov o‘tgan mavsumda Italiya A seriyasida 16 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.

Humoyun Oripov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Shomurodov

Baholaganlar

1996

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing