“Inter” futbolchisi “Al-Nasr”ga o‘tadi
Sport
−
27 iyun 2023 5265 1 daqiqa
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi “Inter” yarim himoyachisi Marselo Brozovich o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Italiya klubi “Al-Nasr” 30 yoshli futbolchi borasida muzokaralarni yakunlagan. Unga ko‘ra, “Inter” Brozovichni 23 million yevroga sotishga rozilik bergan.
Yarim himoyachi yangi jamoada 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma asosida yiliga 20 million yevro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, xorvatiyalik futbolchi 2022/2023 yilgi mavsumda milanliklar tarkibida 40 ta o‘yinda qatnashib, 3 ta gol va 6 ta assist qayd etdi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr