Instagram ilovasiga yangiliklar kiritildi

Texnologiya

image

Facebook kompaniyasiga tegishli Instagram ijtimoiy tarmog‘i kecha, 12 noyabr kuni dastur interfeysiga o‘zgartirish kiritilganini e’lon qildi. Tegishli bayonot Facebook saytida ma’lum qilingan. 

Qayd etilishicha, mobil ilovada ikkita yangi bo‘lim – Shop (do‘kon) va Reels (roliklar) paydo bo‘lgan. 

"Bugun biz Instagram'dagi katta o‘zgarishlar haqida ma’lum qilamiz – Reels va Shop. Reels yorlig‘i sizga butun dunyo ijodkorlari va o‘zingiz kabi odamlarning qisqa videolarini ko‘rish imkoniyatini beradi. Shop yorlig‘i turli brendlar va sotuvchilar bilan aloqa qilishning yaxshi usuli bo‘ladi, shuningdek, u sizga yoqadigan mahsulotlarni topishga imkon beradi", deyilgan xabarda.

Bayonotga ko‘ra, Reels tugmachasi odamlar o‘z ijodlarini butun dunyo bilan baham ko‘rishlari va o‘zlarining muxlislarini topishlari uchun imkoniyat yaratadigan sahnaga aylanishi kerak. 

Shop tugmachasi esa Instagram'da xarid qilish va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Ma’lumot uchun, Shop va Reels ilovaning asosiy ekranida paydo bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram

Baholaganlar

124

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing